Ikki erkakni doʻpposlagan sportchi qizga nisbatan ochilgan jinoyat ishi toʻxtatildi

Namangan viloyatida oʻz shaʼnini himoya qilib, ikki erkakni doʻpposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi toʻxtatildi. Bu haqda Namanganning Norin tumani Ichki ishlar boʻlimi maʼlum qildi.

Gulsanam Alijonova
effect.uz

Gulsanam Alijonovaning soʻzlariga koʻra, 25-iyun kuni kalta kiyimda turgan paytda ikki erkak onasini haqoratlagani paytda oʻz shaʼnini himoya qilishga majbur boʻlgan. Oʻshanda unga nisbatan ataylab ikki erkakni doʻpposlagan, deya besh yilgacha qamoq koʻzda tutilgan bezorilik aybi bilan jinoyat ishi ochilgandi.
Jinoyat ishi nima asosda bekor qilingani maʼlum emas. Jabrlanuvchilar daʼvosidan voz kechganmi yoki IIB ishni toʻxtatganmi, bu nomaʼlum.
23 yoshli Gulsanam hozirda Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat yoʻnalishi sirtqi boʻlimida, 3-bosqichda tahsil oladi.
Oilada 6 nafar farzandning kenjasi boks, karate bilan shugʻullangan. Ikki yildan beri taekvondo WTF boʻyicha mashgʻulotlarga qatnab keladi. Shu yoʻnalishda Oʻzbekiston birinchiligi sovrindori, Namangan open turniri gʻolibi. 2020-yil bahor oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqa ishtirokchisi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog