Foto: EFFECT.UZ

IIV xodimlarini haqorat qilgan Jahongir Otajonovga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi

/

O‘zbekiston IIV xodimlarini haqorat qilgan Jahongir Otajonov ishi sudga oshirilgani haqida xabar berilgandi. 2021-yil 26-iyul kuni Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Jahongir Otajonov 2021-yil 27-iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfiddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgani yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida huquqbuzar J.Otajonov o‘z ko‘rsatmasida “Haqiqatan ham, 2021-yil 27-iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfiddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganman. Hozirda aybimga to‘liq iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zimga tegishli xulosa qildim”, deya IIO FMB xodimlaridan kechirim so‘raganini ma’lum qilib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Sud huquqbuzar Jahongir Otajonovning harakatlariga huquqiy baho berib, uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasida (haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb hisobladi.

Sud Jahongir Otajonovga ma’muriy jazo tayinlashda ish hujjatlari bilan tanishib, huquqbuzarning ko‘rsatmalarini tinglab, uning shaxsini, aybiga iqrorligini va pushaymonligini, o‘ziga tegishli xulosa chiqarganini inobatga olib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 21-moddasiga (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalandi.

Latest from Blog