IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda UzNews.uz “Postda” gazetasiga tayanib.

Xabar qilinishicha, podpolkovnik Mamadaliyev Zoxid Kushatovich Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari etib tayinlangan.

Podpolkovnik Yusupov Rustam Davronovich Navoiy viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosarligiga tayinlangan.

Buxoro viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari – kadrlar boshqarmasi boshliqligiga podpolkovnik Botirov Qodir Rajabboyevich tayinlangan.

Podpolkovnik Norpoʻlatov Shuhrat Sherpoʻlatovich Toshkent viloyati Zangiota tuman IIB boshligʻi etib tayinlangan.

Latest from Blog