IIB Samarqandda kaltaklangan ayol boʻyicha munosabat bildirdi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati Samarqandda kaltaklangan ayol boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.

“Joriy yilning 22-avgust kuni ijtimoiy tarmogʻida “Bir ayolni kaltaklashar ekan. Yetim. uyida choʻri bu kelin. Yaqinda koʻlini urib sindiribdi eri. Hammadan qolgan ovqatni yeb, xoʻrlanib oʻtiribdi. Uydan chiqarishmas ekan. IIV, Bosh prokuratura, Inson huquqlari bu ayolni topib yordam berishingizni soʻraymiz” nomli video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv harakatlari olib borilib, tasvirdagi voqea ishtirokchilarining shaxsi aniqlandi.
Jabrlanuvchi ayol Samarqand shahar Termiz koʻchasida yashovchi 1995-yilda tugʻilgan M. ekanligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, M. turmush oʻrtogʻi 1985-yilda tugʻilgan Sh. bilan 2012-yilda sharʼiy nikohdan, 2015-yilda FXDYO boʻlimidan qonuniy nikohdan oʻtib yashab kelgan. Oʻrtalaridagi oilaviy kelishmovchiliklari sababli M., Sh. tomonidan kaltaklanib, qiynoqqa solinib kelingan.
2020-yilning 20-avgust kuni M. ning turmush oʻrtogʻi Sh. sababsiz, turli bahonalar bilan yashayotgan uyida uni ayovsiz urib, oyoqlari bilan turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda M. va uning ikki nafar farzandlari Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan himoyaga olinib, IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari tomonidan “Himoya orderi” berilib, malakali psixologlarni jalb qilgan holda farzandlari va oʻziga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilmoqda.
Ayolni kaltaklagan Sh. ga nisbatan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog