Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar qildi.

Foto: Farishta.uz

Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib podpolkovnik Mirzaimom Erkinovich Mirzaahmedov tayinlandi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Tohir Egamberdievich Kazakov tayinlandi.

Podpolkovnik Abdumannonxo‘ja Tursunxo‘jaevich Ahmedov Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Surxondaryo viloyati IIBning jinoyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ilhomjon Toshmirzayevich Halilov tayinlandi.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i etib mayor Eldor Mahmudovich Alkarov tayinlandi.

Latest from Blog