Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Dubay politsiyasi faoliyati bilan tanishdi

Foto: Xs.uz

Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov bugun tashrif dasturi doirasida Dubay shahri politsiyasi rahbari, general-mayor Abdulloh Xalifa Al-Marri bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatish hamda oʻzaro tajriba almashish kabi masalalar atroflicha muhokama qilingan.

«Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvdan soʻng, Dubay shahri politsiyasi tizimi faoliyati bilan tanishuv amalga oshirildi.

Jumladan, Dubay politsiya tizimida huquqni muhofaza qilish sohasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda har xil turdagi huquqbuzarliklarni oldini olish borasida eng zamonaviy axborot texnologiyalar va dasturiy taʼminotlardan tashkil topgan Elektron politsiya, Xavfsiz va Aqlli shahar tizimlari, kuch va vositalarni boshqaruv markazi, kiberjinoyatlarga qarshi kurash markazi hamda Dubay shahridagi turistik obyektlar va tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Dubay shahrida barpo etilgan “Aqlli politsiya maskani-Smart police station” faoliyatlari bilan tanishildi”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog