Ichki ishlar tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib boʻyicha buyrugʻi bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi deya xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Ichki ishlar
stv.uz

Unga koʻra, podpolkovnik Utambetov Sabit Abdijamilovich Qoraoʻzak tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Utambetov Nukus shahar boʻyicha IIO FMB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Valiyev Dilmurod Hotamovich Angren shahar IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Valiyev Olmaliq shahar IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Abrorjon Aʼzamjonovich Uchkoʻprik tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Mavlonov Oʻzbekiston tumani IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umarov Sardorbek Rahimjonovich Asaka tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Umarov Baliqchi tumani IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Biloloxunov Nurillo Saydulloyevich Baliqchi tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar N.Biloloxunov Asaka tumani IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Tursunov Zafar Jomuradovich Gʻuzor tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Z.Tursunov Qarshi shahar boʻyicha IIO FMB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xoʻjamqulov Gʻayrat Choriyevich Qiziriq tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Gʻ.Xoʻjamqulov Muzrabot tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog