Hojatxonasi yoʻq AYoQShlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish toʻxtatilishi mumkin

Foto: Yandex.uz

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-martdan boshlab jamoat maqsadlariga moʻljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS, AYOQS faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi qaroriga muvofiq, sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan stansiyalar 2020-yilning 1-sentyabrdan faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog