Hisoblagich ko‘rsatkichini atayin o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

1-iyuldan boshlab umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirgan, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashgan fuqarolar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib Sof.uz xabar qilmoqda.

Foto: Tengrinews

Yuqoridagi xatti-harakat ma’muriy javobgarlik qo‘llanilganidan so‘ng amalga oshirilsa, eng kam oylik ish haqining 25 baravaridan 75 baravarigacha jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish bilan jazolanadi.

Agarda ushbu harakatlar sababli jiddiy zarar keltirilgan bo‘lsa, u holda eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 150 baravarigacha jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zarar qoplansa ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilmaydi.

Ilk bor jinoyat sodir etgan shaxs agarda jinoyat aniqlanganidan o‘ttiz kun ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplab bersa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog