Hindiston koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi

Hindiston Rossiyani ortda qoldirib, koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi.

Foto: Business Insider

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda kasallanganlar soni 697 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Bu borada 1-o‘rinni AQSh 2,982 mlndan ko‘proq kasallanganlar bilan egallamoqda. 2-o‘rinda Braziliya  turibdi: Lotin Amerikasi davlatida 1,6 mlndan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan. 4-o‘ringa 681 mingdan ko‘proq kasallanish holati bilan Rossiya tushgan.

Kasallanish holatlari ko‘payayotganiga qaramay, Hindistonda iyun oxirida karantin rejimidan chiqishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi. Yangi qoidalarga ko‘ra, koronavirus tarqalishi hududlari deb e’lon qilingan joylarda karantin 31 iyulgacha davom etadi. Shu muddatgacha maktablar va universitetlar yopiq qoladi.

Mamlakatda karantinni yengillashtirishning 8 iyunda boshlangan birinchi bosqichida ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlarini ochishga ruxsat berilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog