Hilol Nasimov «Oʻzbekfilm» direktori lavozimidan ozod qilindi

«Oʻzbekfilm» aksiyadorlik jamiyati direktori Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Oʻzbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UzDaily

Xabarda aytilishicha, bugun «Oʻzbekfilm» aksiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolari muhokama qilindi.

Korxonani sogʻlomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrilgani, Hilol Nasimov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan aksiyadorlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingani aytiladi xabarda.

Shuningdek, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tuzilgan.

Latest from Blog