O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi, deb yozadi Daryo.uz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo‘rin gaplarda hech qanday asos yo‘q. Shu sababli har xil gap-so‘zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman e’lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko‘p yengilliklarni beryapti…
Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o‘qish qanday tarzda bo‘lishi haqida vakolatli idora — O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi.
Usmonxon Alimov, muftiy
Shuningdek, muftiy Usmonxon Alimov hozirda 70 dan ortiq qori onlayn tarzda Quroni Karim xatmini o‘tkazayotganini ta’kidlab o‘tgan.