Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi

Yangi koʻrinishdagi haydovchilik guvohnomalarini berish tizimi yana ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Voditeli Tashkenta” guruhi aʼzolari.

Foto: Lex.uz

“Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni biroz osonlashgan. Soat 14:00 da yetib keldim. Ariza yozishga 2 daqiqa vaqt ketdi. Undan soʻng kassaga pul toʻladim. Bunga  kassada navbat boʻlgani tufayli 10  daqiqa vaqt ketdi. Keyin hujjatlarni 3-xonaga topshirdim – 15 daqiqa. Soʻng 5 kabinetda suratga tushdim – yana 10 daqiqa. Oʻsha yerda barcha hujjatlarni qoldirdim. Keyin kutib turdim. Umman hamma yugur-yugurga 2 soatdan kam vaqt va 126 ming soʻm pul ketdi”, — deb yozib qoldirgan Dilshod Nosirov ismli foydalanuvchi.

Uning aytishiga koʻra, yangi koʻrinishdagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi, talon va imtihon varaqasi kerak boʻlgan xolos. Toʻlangan pulning 121 ming soʻmi kassaga 5 ming soʻmi ariza toʻldirishga ketgan.

“Shundan boshqa hech qanday maʼlumotnoma yoki sizni bir yildan ortiq haydovchilik tajribangiz borligini tasdiqlaydigan avtomobil texpasporti  kerak emas!”, — deb qatʼiy maʼlumot bildirgan guruh aʼzosi.

Yuqorida aytib oʻtilgan holat Fayzoboddagi YHXBda 15-fevral kuni boʻlib oʻtgan. Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin yangi koʻrinishdagi haydovchilik guvohnomalari berish vaqtincha toʻxtatilgani xabar qilingan edi.

Latest from Blog