Har shanba-yakshanba kunlari respublika miqyosida “Maydon tomoshalari” festivali o‘tkaziladi

Madaniyat vazirligi tomonidan 19-20-sentabrdan boshlab har hafta shanba va yakshanba kunlari Respublika miqyosida soat 17:00 dan 19:00 gacha “Maydon tomoshalari” festivali o‘tkaziladi. Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholi kayfiyatini ko‘tarish, xalqimizning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazilishini ta’minlash, odamlar qalbiga bayramona kayfiyat ulashishdan iborat. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

“Maydon tomoshalari” festivalida estrada xonandalari, teatr aktyorlari, maqom ijrochilari, baxshilar ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirlarda madaniyat markazlari, folklor jamoalarining chiqishlari, teatr tomoshalari ham bo‘lib o‘tadi. Bolalar uchun mo‘ljallangan qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari ham namoyish etiladi.
Mazkur festival poytaxtimizning “Tashkent City”, “Navro‘z” bog‘i, “Ashxobod sayilgohi”, “Ekobog‘”, Toshkent hayvonot bog‘i, Xalqlar do‘stligi maydoni kabi 9 manzilida o‘tkaziladi.
Respublikamizning qolgan hududlari shahar va tuman markazlarida ham konsert tomoshalari bo‘ladi.
Ushbu tadbirlar o‘tkazish jarayonida karantin tartib-qoidalariga qat’iy amal qilinadi.

Bugun 20-sentabr kuni soat 18.00 dan 20.00 ga qadar Toshkent shahrining quyidagi manzillarida tadbirlar davom etadi.

Bektemir tumanidagi Madaniyat markazi
Mirobod tumanidagi 1-son madaniyat markazi old maydoni
Shayxontohur tumanidagi Tashkent City
Uchtepa tumanidagi “Ekobog‘”
Yashnobod tumanidagi Ashxobod sayilgohi
Chilonzor tumanidagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining oldi maydoni
Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” bog‘i
Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i
Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” haykali old maydoni, barcha viloyat va tuman markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog