Har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron maʼlumotlar bazasi joriy etiladi

Foto: Uzbek Travel

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (122-son, 05.03.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-aprelgacha quyidagilar ishlab chiqilib, joriy etiladi:

har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi koʻrsatilgan yagona elektron maʼlumotlar bazasi;

ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi;

davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;

fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi.

2021-yil 1-apreldan:

● Davlat xizmatlari agentligining “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga vasiylikka va homiylikka olingan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali taqdim etiladi;

● davlat va nodavlat umumtaʼlim tashkilotlariga oʻquvchini oʻqishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar, shuningdek Oʻzbekistondagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarning talaba(oʻquvchi)larini oʻqishga qabul qilishdan boshlab bitirgunga qadar ushbu taʼlim tashkilotlarining tegishli buyruqlari va boshqa hujjatlar faqat yagona elektron maʼlumotlar bazasida shakllantiriladi va rasmiylashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam hamda kompensatsiya tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog