Hajga qoradori olib ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi

Haj safariga yo‘l olgan ziyoratchilarni 11-avgust kuni Samarqand xalqaro aeroportidan kuzatish jarayonida samarqandlik Shamshi Ahrorovning bagajlaridagi quritilgan non bo‘laklari bojxonachilari e’tiborini tortgan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston 24

Shamshi Ahrorovning bagajlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, yuklar orasidagi quritilgan non bo‘laklarining nazorat-rentgen apparatidagi shubhali tasvirlari bojxonachilarning diqqatini tortgan.

Non bo‘laklari xolislar ishtirokida sinchiklab tekshirilganida, ular ichiga xufyona tarzda ikkita polietilen o‘ram joylashtirilgani fosh etilgan. Bagajlardan birining tutqichlari orasiga ham xuddi shunday o‘ramlar yashirilgani aniqlangan.

O‘ramlar ochib ko‘rilganida, ular ichida salkam 72 gramm opiy — qoradori giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Shamshi Ahrorovning bagajlaridan birida yo‘lovchi-bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rov vaqtida ma’lum qilinmagan 3800 dollar, qo‘l sumkasida 422 dollar, chap oyog‘idagi paypog‘i ichida esa 1500 dollar borligi aniqlangan.

Shuningdek, uning yonida Janubiy Koreya, Malayziya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Filippin davlatlarining naqd pul birliklari bo‘lgan. Qayd etishlaricha, u jami 24 million so‘m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutani bojxona nazoratidan chetlab o‘tib olib chiqishga uringan.

“Agarda u giyohvandlik vositalarini Saudiya Arabistoniga olib kirish vaqtida fosh etilganida edi, ushbu mamlakat qonunchiliga ko‘ra, o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin edi”, — deyiladi telekanal xabarida. “O‘zbekiston 24” muxbirining alohida qayd etishicha, safar oldidan ziyoratchilarga bojxonadan o‘tishning tartib-qoidalari batafsil tushuntirilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar