Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

11 may kechga borib va 12 mayda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 12 may kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15−20 m/s ga kuchayishi mumkin, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati. Shamol shiddat bilan esganda uning tezligi 23−28 metrgacha yetadi. Respublikaning qolgan hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat 27−32 darajani tashkil qiladi.

13−14 may kunlari nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23−28 metrgacha kuchayishi mumkin.

13 mayda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 14 mayda Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kavkaz hududidan kelayotgan sovuq front o‘tishi natijasida 13−14 may kunlari respublikamiz hududining katta qismida havo haroratining 18−23 darajagacha pasayishi kutilmoqda, bu may oyi uchun xos bo‘lgan me’yoriy haroratdan 8−10 darajaga pastdir.

15 may kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kunduzgi harorat 3−5 darajaga ko‘tariladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog