Haftaning ikkinchi yarmidan Oʻzbekistonda yomgʻirli kunlar boshlanadi

28-sentabrdan Oʻzbekiston boʻylab havo harorati pasayadi, yomgʻir yogʻadi, deb xabar qildi Gidrometeorologiya markazi.

Foto: Facebooke / Voditeli Tashkenta

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 28-29-sentabr kunlari havo harorati kunduzi +15…+20, kechasi — +8…+13 darajagacha tushadi. 30-sentabr kuni harorat kunduzi +18…+23, kechasi — +6…+11 darajaga yetadi.

Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida 28-30-sentabr kunlari harorat kunduzi +13…+18, kechasi — +3…+8 darajani tashkil etadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 28-sentabr kuni yomgʻir yogʻadi. 28-30-sentabr kunlari harorat +15…+20, kechasi — +6…+11 darajaga yetadi.Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 28-29-sentabr kunlari yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 27-28-sentabr kunlari — +10…+15, kunduzi — +23…+28, 29-30 sentabrda kechasi — +6…+11, kunduzi — +20…+25 darajagacha koʻtariladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 29-30-sentabr kunlari yomgʻir yogʻadi. 27-28-sentabr kunlari kunduzi harorat +20…+25, 29-30-sentabrda — +15…+20 darajaga yetadi. 27-29- sentabr kunlari kechasi +10…+15, 30 sentyabr kuni — +7…+12 darajani tashkil qiladi.

Togʻli hududlarda 28-30-sentabr kunlari yomgʻir yogʻadi, 27-28-sentabr kunlari kechasi +7…+12, 29-30-sentabrda — +2…+7 darajaga yetadi. 28-30-sentabrda kunduzi +10…+15 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Latest from Blog