Habibullo Oqilov: Oʻzbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ortyapti

Oʻzbekistonda maktablar ochila boshlagani fonida bolalar orasida COVID-19ga chalinish holatlari qayd etilmoqda. Shu boisdan pediatrik koykalar zaxirasi hozirlanyapti. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibullo Oqilov maʼlum qildi.

“Mana, maktablar ishlashni boshladi. Tabiiyki, kasallanish soni bugunga kelib oshib bormoqda. Ming afsus, Oʻzbekistonda oldin bolalar deyarli kasal boʻlmayotgandi, hozir bolalar kontingentining ichida ham kasallanish bor. Shuning uchun biz pediatrik koykalar zaxirasini tayyorlayapmiz. Pediatr kadrlarni ham tayyorlash rejalashtirilgan”, dedi Oqilov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog