Gyunter Overfeld GFRning Toshkentdagi elchisi bo‘ldi

27-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi, deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

Elchi ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining noyabr oyida Germaniyaga tashrifi muddati va dasturi, turli darajalardagi bo‘lajak boshqa ikki tomonlama aloqalar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Naytxart Xyofer-Vissing GFRning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar