Guus Xiddinkning sobiq yordamchisi Oʻzbekiston terma jamoasida ish boshladi

Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi va hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanayotgan Chima Mishel Oneke Samvel Babayanning taklifiga koʻra Oʻzbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oʻzbekiston futbol federatsiyasi

Milliy terma jamoada jarohatlar epidemiyasi tarqalganligi sababli, qolaversa, keyingi ikki oʻyinga yuqori jismoniy tayyorgarlik koʻrish maqsadida Samvel Babayan Rossiyaning «Anji» klubida Guus Xiddinkning shtabida ishlagan Onekeni oʻz yordamchilari safiga qoʻshib oldi. U milliy terma jamoaning jismoniy tayyorgarliklar boʻyicha masʼul murabbiyi boʻlib tayinlandi.

Uning asosiy vazifasi milliy terma jamoa futbolchilarining jismoniy formasini qisqa vaqt ichida yuqori choʻqqiga olib chiqib, bosh murabbiyga optimal tarkib bilan oʻynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat boʻladi.

42 yoshli Oneke asli nigeriyalik boʻlib, Gollandiya pasportiga ega va murabbiylik faoliyatining asosiy qismi Gollandiya bilan bogʻliq. Futbolchi sifatida Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Gollandiyada 8 dan ortiq jamoada oʻynab, faoliyati davomida 65 ga yaqin gol urgan. Oʻzbekiston terma jamoasida ish boshlaguniga qadar u Germaniyaning «Shtutgart» klubida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi.

2011 yilning iyulida u gollandiyalik Guus Xiddink va braziliyalik Roberto Karlos bilan birga Maxachqalʼaning «Anji» futbol klubida ishladi. Oʻsha paytlarda «Anji» Rossiyaning eng kuchli uchligiga kirib, mamlakat Kubogining finaligacha yetib borgandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31-avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5-sentabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan oʻynaydi. Ayni paytda Oʻzbekiston 8 oʻyindan keyin 12 ochko toʻplab, toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻlga kiritilishi mumkin boʻlgan yagona yoʻllanma uchun kurashda 2-oʻrindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar