«Gunohkorlar shahri» filmi bosh qahramoni aktyor Pauers But vafot etdi

«Gunohkorlar shahri» («Sin City») filmi qahramoni, amerikalik mashhur aktyor 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

Foto: CNN.com

Aktyorning agenti Butni 14-may tongida Los-Anjelesdagi uyida uyqusida vafot etganini ma’lum qildi.

Aktyorning yaqinlari Dafn marosimi But tug‘ilgan Texas shtatida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Pauers But o‘zining Rurk obrazi bilan»Gunohkorlar shahri» va «Gunohkorlar shahri – 2» filmlari bilan juda mashhur. Aktyor kassabop filmlardan biri «Qasoskorlar» filmida ham rol o‘ynagan.

Latest from Blog