Gruziyalik afsonaviy futbolchi “Paxtakor”ga murabbiy boʻldi

Oʻtgan mavsumda Turkiyada faoliyat olib borgan gruziyalik murabbiy Shota Arveladze Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Turkiya OAVlariga tayanib UFF.UZ xabar bermoqda.

Foto: Worldsport.ge

Xabarda aytilishicha, Arveladzening “Paxtakor” bilan shartnomasi ikki yilga moʻljallangan.

Niderlandiya va Shotlandiya futbol klublarida chempion va kubok sohibi boʻlgan Shota Arveladze AZ klubida Lui van Galga yordamchi boʻlib ishlagan. Soʻngra Turkiyada “Qayserispor”, “Kasimpasha” va “Trabzonspor” jamoalarini, Isroilning “Makkabi” klubini boshqargan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog