Grenlandiya muzliklarining erishi tiklanmas holga kelib qoldi

Global isish sharoitida Grenlandiya muzliklarining erishi tiklanmas holga kelib qoldi. Bu haqda dushanba kuni Gʻarb ommaviy axborot vositalari Ogayo shtati universiteti (AQSh) olimlarining tadqiqotiga asoslanib xabar tarqatdi.

Foto: TACC

Grenlandiya muzliklari muz qatlamidagi yoʻqotishlarni qoplaydigan qor yogʻishi bilan oʻrnini qoplay olmasa, jiddiy bosqichga duch keladi”, — deyiladi OAV xabarlarida.

“XXI asrda Grenlandiya muzliklari jadal surʼatlarda oʻz massasini yoʻqotmoqda, bu esa Grenlandiyani dengiz sathining koʻtarilishida asosiy sababchiga aylantirmoqda”, deya xulosa qilishadi tadqiqotchilar.

40 yil davomida maʼlumotlarni tahlil qilgan olimlarning xulosalariga koʻra, 1980 va 1990- yillarda Grenlandiya yiliga qariyb 450 milliard tonna muzni yoʻqotdi, ammo bu qor yogʻishi bilan qoplandi. Biroq, XXI asrda muzning erishi tezlashdi: Grenlandiya har yili 500 milliard tonna muzni yoʻqotadi va qor yogʻishi bu vaziyatni toʻgʻrilay olmaydi.

Ammo, shu bilan birga barcha ekspertlar ham Grenlandiya muz qatlami qaytarib boʻlmaydigan nuqtaga yetib keldi degan fikrga qoʻshilmaydilar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Linkoln universiteti (Buyuk Britaniya) Grenlandiya muzining birgina erishi 2100-yilga kelib Jahon okeanining sathini 10 — 12 sm ga koʻtaradi degan xulosaga kelgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog