Google qidiruv tizimini AQSHdagi saylovlar oldidan oʻzgartiradi

Google kompaniyasi AQSHda boʻlib oʻtadigan przidentlik saylovlari oldidan avtomatik toʻldiriladigan qidiruv satrini oʻzgartiradi, deyiladi kompaniya blogida.

“Biz saylovlar boʻyicha avtomatik toʻldirish siyosatimizni kengaytirdik. Muayyan nomzodni yoki siyosiy partiyani qoʻllab-quvvatlash va unga qarshi bayonotlar sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan taxminlarni olib tashlaymiz. Shuningdek, biz saylovlarda qatnashish haqidagi bayonotlar sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan ehtimollarni yoʻq qilamiz” deyiladi kompaniya bayonotida.

Google kompaniyasining taʼkidlashicha, foydalanuvchilar qidiruv tizimining qanday talablariga javob berishidan qatʼiy nazar, xohlagan narsalarini qidirish imkoniyatiga ega.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog