G‘ofurjon Muhamedov Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi

1

G‘ofurjon Muhamedov Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni ushbu tayinlov haqidagi qarorni imzolagan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Prezidentning 27-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Yangi OTMga 2017-2018-o‘quv yili uchun 750 ta qabul kvotalari ajratilib, institutga talabalar kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantirish belgilangan.

G‘ofurjon Muhamedov 2006-yildan 2015-yilning iyuligacha O‘zMU rektori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2006-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti, 1997–2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutiga rahbarlik qilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar