GM Uzbekiston o‘z servis markazlarini ma’lum qildi

GM Uzbekistan o‘zining Facebook sahifasida rasmiy servis markazlari haqida ma’lumot berdi. Xabarda aytilishicha, har bir avtomobil o‘z vaqtida texnik xizmatdan o‘tkazib turilishi kerak.

Foto: nuz.uz

O‘zbekistonning barcha hududlaridagi GM Uzbekistan rasmiy servis markazlarida diagnostika, ta’mirlash va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakali xizmatlardan foydalanish mumkin.

GM Uzbekistan servis markazlari manzillarini quyidagi havola orqali topish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/servisnye-centry.html

GM Uzbekistan respublikaning har bir viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan serviz markazlar haqida interaktiv xarita keltirib o‘tgan. Xususan, Toshkent shahrida — 10 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Samarqand viloyatida — 4 ta rasmiy servis markazlari mavjud.

Latest from Blog