GM Uzbekistan yil boshidan buyon Rossiyaga 2,5 ming donaga yaqin avtomobil sotdi

GM Uzbekistan AJ joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida Rossiyaga 2488 dona Ravon avtomobillarini sotdi va kompaniyaning RF avtobozoridagi ulushi 0,6% ni tashkil etdi.

Foto: www.kolesa.ru

Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasiga asoslanib UzDaily’ning yozishicha, aprel oyida Rossiyada GM Uzbekistan’ning 859 dona avtomobili sotildi.

Shu davr mobaynida Rossiyada sotilgan avtomobillar hajmi bo‘yicha GM Uzbekistan 21-o‘rinda qayd etildi. Modellardan hech biri RFda eng ko‘p sotib olingan avtomobillar 25 taligiga kirmadi.

Latest from Blog