GM Uzbekistan: yangi avtomobil butunlay boshqa segmentda bo‘ladi

GM Uzbekistan kompaniyasi o‘ziga yangi bo‘lgan segmentda yana bir yangi avtomobil ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda, deb xabar qildi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlarga.

Foto: Pixland.uz

Uning so‘zlariga qaraganda, dunyoda 3-4 yil oldin yangi avtomobil segmenti paydo bo‘lib GM Uzbekistanning asosiy eksport bozorlari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘iston bozorlarida ushbu segment jadal o‘sib bormoqda.

“Yangi segmentni krossover “Captiva” va sedan “Lacetti”ning qorishmasi deb atasa bo‘ladi. Hozir bizning kompaniya ushbu segmentda hech narsa ishlab chiqarmaydi, lekin u Rossiya va Qozog‘iston bozorlarida juda o‘smoqda. Masalan, Rossiyada yangi sotilgan avtomobillarning 40 foizi ushbu segmentga taaluqli. Biz ushbu segmentda Chevrolet Tracker avtomobilini ishlab chiqara boshlaymiz. Hozir ushbu loyihaning barcha parametrlarini hamda Rossiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida uning bozor istiqbollarini o‘rganmoqdamiz”, — dedi Rajabov.

O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘tgan yili Chevrolet Trackerni sinovdan o‘tkazishdi. Avtomobil murakkab iqlim sharoitlarida zavoddan Orol dengizigacha va orqaga tog‘li va cho‘l hududlarida minglab kilometr yo‘l bosib keldi.

“Biz uchun bu odatiy hol. Biror modeldagi avtomobil ishlab chiqarishdan oldin biz uni ixtisoslashgan sinovdan o‘tkazamiz, yangi modelning O‘zbekiston ob-havosiga, iqlimiga va boshqa sharoitlariga qanchalik mos kelishini tekshiramiz. Chevrolet Tracker sinovda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Faqat uning ayrim parametrlari bizning fuqarolarimiz talablariga ko‘ra biroz o‘zgartirilmoqda”, — dedi Rajabov.

Shu bilan bir vaqtda zavod rahbari avtomobilni ishlab chiqarish ushbu yilning sentabr oyida boshlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarish bu vaqt talab qiladigan murakkab texnologik jarayon bo‘lib, bu yerda hech kim shoshilishni istamaydi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog