GM Uzbekistan oʻz avtomobillarini yetkazib berish qay tarzda amalga oshirilishini aytdi

M Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxini toʻlash turlariga aniqlik kiritdi.

Foto: O’zavtoyo’l

Xabarda keltirilishicha, jismoniy shaxslarga avtomobil yetkazib berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

– Naqd pul mablagʻlarini bank tashkilotlari kassasiga topshirish yoʻli orqali;

— Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan isteʼmol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablagʻlardan pul oʻtkazish yoʻli orqali;

— Faqatgina xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

Yuridik shaxslarga avtomobilni yetkazib berish quyidagicha amalga oshiriladi:

— Yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablagʻlarini qonunda belgilangan tartibda pul oʻtkazish yoʻli orqali;

— Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablagʻlardan pul oʻtkazish yoʻli orqali.

Latest from Blog