GM Uzbekistan oʻz avtomobillari narxini oshirmaydi

GM Uzbekistan kompaniyasi soʻm devalvatsiyasidan soʻng oʻz avtomobillarini narxini oshirmasligini maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri avtoishlabchiaaruvchi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Foto: Reuters

“2017-yil 5-sentabrga qadar avtomobillar uchun toʻlov va yetkazib berish shartnomalarda koʻrsatilgan talablar, narx va muddat boʻyicha qatʼiy amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Shu bilan birga avtomobillar chakana narxi yuridik va jismoniy shaxslar uchun mamlakatda erkin konvertatsiya chora-tadbirlari joriy qilingan kungacha qanday boʻlgan boʻlsa oʻsha darajada saqlab qolinadi.

Shuningdek, 2017-yil 5-sentabrdan boshlab GM Uzbekistan mahsulotlari faqatgina milliy valyuta — soʻmda baholanadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan dam olish kunlarida valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha dastlabki chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmonni imzolagan edi. Hujjatga muvofiq endilikda jismoniy shaxslarga chet el valyutasini olish va sotish tartiblari soddalashtirilishi nazarda tutilgandi.

Kuni kecha Oʻzbekiston Markaziy banki bir dollar qiymatini 8100 soʻm etib belgiladi. Oʻtgan haftada MB maʼlumtlari boʻyicha bir dollar bahosi 4210 soʻm 35 tiyinni tashkil qilgan edi.

Latest from Blog