GM Uzbekistan avtomobillari yetkazib berilishi ketma-ketligini onlayn kuzatish imkoni paydo bo‘ldi

GM Uzbekistan yetkazib beriladigan avtomobillari ketma-ketligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi elektron arizalarni ro‘yxatga olish tizimini joriy qildi. Bu haqda kompaniyaning Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Arizalar holatini quyidagi havoladan o‘tib, ko‘rishingiz mumkin: http://gmuzbekistan.uz/proslejivanie-zayavki.html

Elektron arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rasmiy dilerlik avtosalonlaridan biriga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Avtosalon xodimlari tomonidan elektron arizani ro‘yxatdan o‘tkazish rad qilinganda, qo‘shimcha mukofotlar yoki boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar talab qilinganda, zudlik bilan ishonch raqamlari (+99871 147 14-14)ga xabar qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan GM Uzbekistan avtomobillari narxi 30-47%ga oshirildi va ularning savdosi milliy valyutada amalga oshirilishi boshlandi.

Latest from Blog