Global Voices nashri O‘zbekistonni ijodiy xaos mamlakati sifatida ko‘rmoqda

Niderlandiyaning Global Voice nashri o‘zbekistonlik fotograf Hasan Qurbonboyev bilan O‘zbekistondagi ijodiy muhit haqida suhbatlashdi.
“1991-yildan keyingi o‘tish davri ko’pchilikni iqtisodiy jihatdan qiynadi – ammo O‘zbekiston mamlakatni orzu qilingan sayyohlik maskani sifatida targ‘ib qilishni juda xohlagani uchun, o‘zbek rasmiylari fotograflar tomonidan yaratilayotgan O‘zbekiston tasvirlariga nisbatan sezgir turishadi.

“Logomania”

Sovet an’analarida fotografiya siyosiy targ‘ibot bo‘lib mamlakatning faqat yorqin qirralarini namoyish etish shart bo’lgan. Mustaqillikdan keyin ham xuddi shunday qoidalarni qo’llagan: 2010 yilda mustaqil fotograf Umida Ahmedova “o‘zbek millatini haqorat qilganlikda” ayblangan, chunki u e’lon qilgan fotosuratlar o‘zbek jamiyatini ijobiy bo’yoqlarda aks ettirmagan”.
Zamonaviy mustaqil fotografiyaning hozirgi holatini bilish uchun nashr jurnalisti o’z ishini xorij OAVlarida namoyish qilishni boshlagan fotograf Hasan Qurbonboyev bilan suhbatlashdi. Hasan Qurbonboyev o‘z suratlarida o‘zbek jamiyatining sodda tasvirlarini aks ettiradi.

“Yaqinda asli Albaniyalik hozirda Toshkentda yashovchi bir yigit bilan suhbatlashdim, u aytdiki, O‘zbekiston – bu o’ziga xos betartiblik mamlakati, bu yerda hamma narsa aralashib ketgan, masalan, go’zal Sharq, hamda Sovet Ittifoqi va G’arbga taqlid qilish. Menimcha, u mamlakat holatini juda aniq kuzatgan. Barchamiz bu haqda o’ylab ko’rishimiz kerak.
Biroz tanaffusdan keyin fotografiyaga qaytdim va kameramdan foydalangan holda o’z mamlakatimni o’rganganimni angladim. Men o’zimni talaba, o’z yurtini qaytadan kashf qilgan boladek his qildim. Shuning uchun, mening fotosuratlarim birinchi qarashda, juda oddiy. Masalan, “Logomania” usulida kundalik hayotda va ko’chada uchrab turadigan vaziyatlarni yo’l-yo’lakay suratga olish mumkin”, deydi o‘zbekistonlik fotograf.

“San’at bozori mavjud emas; bu, albatta, zamonaviy fotografiyaga ham tegishli. Fotografiyada kuratorlarning yo’qligi va ko’p yillik davlat senzurasi oxir-oqibat san’at inqiroziga olib keldi. Ammo yaxshi o’zgarishlar ham bor – o’tgan yili Toshkentda fotosuratchi va huquq himoyachisi Timur Karpov rassomlar uchun mustaqil maydon – “139-hujjatli markaz”ni ochdi . Uning mustaqil fotografiyani rivojlantirish, yaxshi ko’rgazmalarni o’tkazish bo’yicha katta rejalari bor. Men uchun bu muhim voqea.
•Bugungi kunda butun dunyo onlayn rejimga o’tdi va biz undan foydalanishimiz kerak, ayniqsa bu o’z ijodini namoyish etish uchun ijodkorlarga yaxshi imkoniyat taqdim etadi. Masalan, men ingliz tilini yaxshi bilmasam ham, katta auditoriyani jalb qilish uchun ingliz tilida yozaman . Bu albatta nafaqat o’z qarashlarim bilan o‘rtoqlashish, balki hali ham mamlakat sifatida umuman noma’lum bo’lib ko’rinadigan O‘zbekistonni dunyoga namoyish qilish uchun imkoniyatdir” deydi fotograf so‘zlarini yakunlar ekan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog