G‘ijduvonda kelin o‘z qaynotasining 1000 dollar pulini o‘g‘rilab ketdi

G‘ijduvon tuman IIBga “Frishkent” QFYda yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan B.Saidov ariza orqali murojaat qilib, uyiga noma’lum shaxs o‘g‘rilikka tushganini ma’lum qilgan, deb xabar berdi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Jabrlanuvchining uyidagi devorga osilgan xarita orqasidan 1000 AQSh dollari, ushbu xonadagi javon ichida bo‘lgan 385 ming so‘m naqd pul va har birining bahosi 750 ming so‘mdan bo‘lgan 1 dona ayollar uzugi hamda 1 dona zirak o‘g‘rilab ketilgan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni B.Saidovning kelini, 1995-yilda tug‘ilgan D.Safarova sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Ushbu holat yuzasidan D.Safarovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ayblov e’lon qilingan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar