Germaniyaning sobiq kantsleri Gelmut Kol vafot etdi

Germaniyaning sobiq kantsleri Gelmut Kol 87 yoshida olamdan oʻtdi, deb xabar qildi Bild.

Nashrga koʻra, Kol Lyudvigsxafen-am-Rayn shahrida joylashgan oʻz uyida olamdan oʻtgan.

Foto: Российская газета

Kol 1982 yildan 1998 yilga qadar Gremaniya Federativ respublikasi kantsleri lavozimida ishlagan. U ushbu lavozimga qatorasiga toʻrt marta saylangan yagona nemis siyosatchisi hisoblanadi. GFRga rahbarlik qilgan davrida Kol Yevropa va Germaniya birlashuvi jarayoniga hamda sovuq urush tugallanishiga ulkan hissa qoʻshgan.

Gelmut Kol — Germaniya tarixiga bagʻishlangan bir necha kitoblar muallifidir. U nemis va xorijiy ordenlar bilan taqdirlangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar