Germaniyada teraktga tayyorlanayotgan shubhali shaxslar qo‘lga olindi

Juma kuni politsiyaning maxsus kuchlari Germaniyada terroristik hujumga tayyorgarlik ko‘rishga aloqadorlikda gumon qilingan uch kishini qo‘lga oldi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar 27 yoshli ikki erkak (Turkiya va Afg‘oniston fuqarolari) va bir ayol (25 yoshli Germaniya fuqarosi). Avvalroq yana 25 yoshli Germaniya fuqarosi Sasha L. ham qo‘lga olingan. U Bundesver askarlari hamda politsiya qarshi terroristik aktlarni tayyorlash tashkilotchisi sifatida gumonlanmoqda.

Prokuratura uch mahbusni payshanba kuni  Sasha L.ga  yordam bergan deb hisoblamoqda. Qo‘lga olish operatsiyalari Kyoln, Byunde hamda Heldeshaym shaharlarida amalga oshirilgan.

Latest from Blog