Games Awards marosimida 2016-yilning eng yaxshi video-o‘yinlari e’lon qilindi


Britaniya san’at akademiyasi British Academy Games Awards marosimida 2016-yilning eng yaxshi video-o‘yinlarini e’lon qildi. To‘liq ro‘yxat tashkilotning veb saytiga joylashtirilgan.

Hakamlar yilning eng yaxshi o‘yini sifatida PlayStation 4 «Uncharted 4: Egrining yo‘li» o‘yinini tanlashdi. Overwatch o‘yini esa The Game Awards’ning D.I.C.E.Awards versiyasi bo‘yicha eng yaxshisi deya topildi. Blizzard o‘yini Battlefield 1, Titanfall 2 va Forza Horizon 3 o‘yinlarini ortda qoldirdi.

Playdead mustaqil studiyasida yaratilgan platformer Inside bir yo‘la 4 ta nominatsiyaga loyiq topildi: «Badiiy g‘alaba», «Eng yaxshi o‘yin dizayni», «Eng yaxshi hikoya» va «Eng yaxshi original o‘yin».

Firewatch o‘yini marosimda «2016-yilning eng yaxshi debyut o‘yini» nomiga sazovor bo‘ldi. Marosimda Firewatch’ni ovozlashtirgan aktrisa Sissi Jons ham mukofotlandi.

Yilning eng yaxshi mobil o‘yini mukofoti Pokemon Go’ga nasib qildi. Clash Royale o‘yini esa tomoshabin e’tibori mukofotiga ega bo‘ldi.

Latest from Blog