Galaxy S8 smartfoni taqdimotidan bir kun oldin Singapurdagi Samsung do‘konlaridan biri yonib ketdi


Galaxy S8 smartfoni taqdimotidan bir kun oldin Singapurdagi Samsung do‘konlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda 9to5google portali xabar qildi.

Kompaniya vakillarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, do‘kon ish boshlanishidan oldin erta tongda yonishni boshlagan. Alanga binoga o‘rnatilgan o‘t o‘chirish tizimi orqali o‘chirilgan. Hech kim ziyon ko‘rmagan.

Ayni vaqtda kompaniyada o‘t chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Samsung Galaxy S8 smartfoni bugun, 29-mart kuni Nyu-York shahrida taqdim etiladi. Yangi qurilmaning korpusida maxsus asistentni ishga tushiradigan tugmacha ham qo‘shilgan bo‘lib, qurilmaning narhi kamida 799 yevro bo‘lishi kutilmqoda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar