Gʻuzorda sodir boʻlgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi, yana biri shifoxonada

Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Mustaqillik koʻchasida “Lacetti” va asfalt yotqizish mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻlgan, natija bir kishi halok boʻlgan. Bu haqda Oʻzbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qiladi.

YTH joriy yilning 4 may kuni soat 21:20larda yuz bergan. “Lacetti” haydovchisi 1989 yilda tugʻilgan A.S. avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yoʻlning oʻng chetida toʻxtab turgan, harakatda boʻlmagan “Yoʻl qurilish unitar” korxonasiga tegishli boʻlgan asfalt yotqizish mashinasiga urilgan.

Haydovchi A.S. olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yoʻlovchisi 1986 yilda tugʻilgan A.P. esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Gʻuzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog