FVV: Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi


Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

“Toshkent” seysmostantsiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5-4 ballni tashkil etgan. Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Latest from Blog