FVV va IIV Toshkent xalqaro aeroportida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi


8-mayda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida FVV, IIV, aeroport xizmatlari ishtirokida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro mudofaasi bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda qutqaruvchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari texnogen va tabiiy halokatlarni bartaraf qilish bo‘yicha elementlarni namoyish etdi, deb xabar beradi aviakompaniya matbuot xizmati.

Mashg‘ulot davomida shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari va aeroport xodimlari favqulodda vaziyatlarda birgalikda harakatlanishni mashq qilishdi.

Latest from Blog