FVV qutqaruvchilari o‘zini Zarafshon daryosiga tashlab joniga qasd qilgan qizning hayotini saqlab qolishdi

9-iyun kuni noma’lum bir qiz Zarafshon daryosiga o‘zini tashlagan va cho‘kib ketgan. Bu vaqtda daryo bo‘yida profilaktik tadbir o‘tkazayotgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri boshchiligidagi qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

Foto: FVV

Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida cho‘kkan qiz topilgan, qutqaruvchilar uning yurak urishi to‘xtaganligini aniqlab, darhol birinchi yordam ko‘rsatgan. Jabrlanuvchi nafas olishni boshlagach, u yo‘lovchi mashinada tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Yo‘l davomida jabrlanuvchiga bir necha bor yordam ko‘rsatildi. Tibbiyot birlashmasida malakali yordam ko‘rsatilib, qiz xushiga keltirildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog