Futboldagi korruptsiya va qingʻirliklarga qarshi maxsus boʻlinma va qoʻmita tuziladi

OʻFF strukturasida futboldagi korruptsiyaning oldini olish uchun maʼsul boʻlgan maxsus boʻlinma, shuningdek, kelishilgan oʻyinlarga qarshi kurashish boʻyicha boʻlim va yangi qoʻmita ish boshlaydi. Bu haqda OʻFF matbuot xizmatiga tayanib championat.asia xabar berdi.

Foto: edison365

Xabarda bildirilishicha, bu boʻlinma va qoʻmita faoliyatini OʻFF prezidenti shaxsan nazorat ostiga oladi.

Bundan tashqari, OʻFF bolalar va oʻsmirlar futbolini qingʻirliklardan tozalashni maqsad qilgan boʻlib, yoshlarning futbol maktablari va klublariga joylashishida, shuningdek, mashgʻulotlar jarayonida mahalliychilik va urugʻ-aymoqchilikka yoʻl qoʻyilmasligi va sport printsiplarining birlamchi boʻlishini taʼminlashga qaratiladi.

Shuningdek, futbolchilarning yoshlarini soxtalashtirish kabi illatga qarshi kurashish boʻyicha ham yangi chora-tadbirlar belgilab olinadi. Federatsiyaning “Har bir bolaga bittadan toʻp” nomli yangi rivojlantirish dasturi ishga tushiriladi.

Latest from Blog