Futbolchilardan dollar olib, maydalab bermagan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joriy yilning 5-aprel kuni muqaddam sudlanmagan V.Sagdiyeva (1975-yilda tug‘ilgan) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida firibgarlik sodir etdi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

U “Paxtakor” stadioni yonida A.A’zamov ishonchiga kirib, unga futbolchilar oylik maoshlarini AQSh dollarida olishini va davlat narxida futbolchilardan AQSh dollarini olib berishini aytib, 11,5 million so‘m pulini qo‘lga kiritib, va’dasini bajarmagan va pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi V.Sagdiyeva ushlandi va hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Latest from Blog