Fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan “ishbilarmon”lar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishini mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

corrup
myc.news

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 8 000 AQSH dollari talab qilib, shundan, 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog