Front orti voqealari o‘zbek sahnasida namoyish etilmoqda


12-may kuni o‘zbek davlat drama teatrida Jo‘ra Mahmudov asari asosida rejissyor Xamida Mahmudova sahnalashtirgan «Sadoqat» spektaklining preyerasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Korrespondent O‘zbekiston muxbiri.

Unda ikkinchi jahon urushi davridagi front orti hayoti aks etgan. Asarda qismat bitiklari va qalb istiroblari qorishig‘idagi inson xarakteri va ruhiyati jonlantirilgan.

Zaminini, millatini sevgan va shu yo‘lda dadil intilgan qahramonlar va ular atrofidagi voqealar misolida 70 yil oldingi musibatlarning alamli izlarini ko‘ramiz. Teatr jamoasining “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tomoshabinlarga taqdim etgan ushbu tuhfasi chindan ajoyib bo‘ldi. Barchani spektakl seanslariga taklif etamiz.

Latest from Blog