Fransiyada tashlandiq LADA avtosaloni topildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi avtomobil havaskorlar jamiyati Fransiyadagi tashlab ketilgan Lada avtosalonini topishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Facebookdagi «Tarixiy avtomobillar portali» guruhida Ilya Karasev ismli foydlanuvchi Fransiyaning Makon shahrida rus avtopromining tashlandiq va hech kimga kerakmas avtomobillari suratlarini qoldirgan.

Foydalnuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtosalon 1990-yillarda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Lada avtomobillari esa Rossiyadan Fransiyaga 2008-yilga qadar eksport qilingan.

Foydalnuvchilar tashlandiq salondagi ba’zi avtomobillarni ishlab chiqarish Sobiq Ittifoq davridayoq to‘tatilgani diqqatini tortdi.

Latest from Blog