Fransiyada prezidentlik saylovi oldidan vaziyat qaltis tus oldi


Fransiyada 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi oldidan vaziyat yana salbiy tus oldi. Milliy jabha partiyasining lideri va prezidentlikka nomzod Marine Le Penga qarshi chiqqanlar Parijda to‘plandi.

Nomzod Marine Le Pen mamlakatda ko‘chmanchi va qochqinlarga qarshi fikrlari bilan tanilgan.

Namoyishlar paytida gazdan foydalangan politsiya xodimlari bilan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Fransuz askarlar namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatdi.

Poytaxt Parijda barchani oyoqqa turg‘izgan namoyishchilar agar Le Pen boshqaruvni qo‘lga olgan taqdirda, asosiy xaq-huquqlaridan mahrum bo‘lishlarini taxmin qilmoqdalar.

Anketalar shuni ko‘rsatadiki, kelgusi hafta o‘tkaziladigan saylovning birinchi bosqichida Le Pen birinchi o‘rinni egallab, bemalol ikkinchi bosqichga o‘tishi mumkin.

Latest from Blog