Foto: www.hurriyetdailynews.com

Fransiyada koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi

/

Fransiyaning Bretan mintaqasidagi kasalxonalardan birida COVID-19ni keltirib chiqaruvchi koronavirusning yangi shtammi aniqlandi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining bildirishicha, Lanyon shahrida 13-mart kuni “79 bemordan 8 nafarida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi”.

Rasman bildirilishicha, yangi shtammni aniqlash oson kechmagan. Yangi shtamm aniqlangan 8 bemorda COVID-19 simptomlari mavjud boʻlgan, ammo oʻtkazilgan testlar manfiy koʻrsatkich bergan. Shundan soʻng ularning qonidan analiz namunalari olingan va shu orqaligina ular koronavirusning yangi shtammiga chalingani aniqlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, aniqlangan yangi shtamm avvalgilariga nisbatan xavfli emas. Ayni paytda mutaxassislar yangi shtams mavjud vaksinalarga qanday munosabat bildirishini oʻrganmoqda.

Fransiyada shu kungacha koronavirusga chalinganlar soni toʻrt milliondan oshdi. Ulardan 91 mingga yaqini vafot etdi.

Latest from Blog