Fransiya tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi


2017-yilning 14-aprel kuni Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, Tashqi ishlar vazirligida va boshqa darajalarda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Fransiya tashqi ishlar vazirlari doimiy uchrashuvlari hamda boshqa darajadagi aloqalar davlatlararo hamkorlikni o‘zaro manfaatli asosda izchillik bilan chuqurlashtirishga, shuningdek, biznes doiralari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari hamda madaniyat va san’at arboblari bilan almashinuvlarni kengaytirishga xizmat qilish yuzasidan fikrlar almashilgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar